Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

582025-12-04 14:10

Konstitutsiyamiz – erkin va adolatli jamiyat poydevori

http://api3.fergana.uz/files/151700/news/file-2108983135718620.jpg
Konstitutsiyamiz – erkin va adolatli jamiyat poydevori Har yilning 8-dekabr sanasi yurtimiz hayotida alohida o‘rin tutadi. Bu kun – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan sana bo‘lib, u mustaqil davlatimizning siyosiy, huquqiy va ma’naviy poydevorini belgilab bergan tarixiy voqeadir. Konstitutsiya – xalqning davlat boshqaruvidagi oliy irodasidir. Unda inson huquq va erkinliklari, davlat tuzilishi, jamiyatning asosiy tamoyillari aniq va ravshan ifoda etilgan. Asosiy Qonunimizning bosh g‘oyasi – inson qadri, adolat, tenglik va demokratiya tamoyillarini hayotga tatbiq etishdir. Bugun O‘zbekiston yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo‘yar ekan, Konstitutsiyamiz zamon talabiga mos ravishda takomillashib bormoqda. So‘nggi yillarda amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlar xalqning huquqiy himoyasini kuchaytirish, ijtimoiy adolatni mustahkamlash va fuqarolarning farovon hayotini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Konstitutsiya qabul qilingan kun nafaqat tarixiy sana, balki har birimizga yuksak mas’uliyatni eslatadigan bayramdir. Zero, Asosiy Qonun ruhini amalda ro‘yobga chiqarish – jamiyatning har bir a’zosidan ongli fuqarolik pozitsiyasi, qonunga hurmat va vatanparvarlikni talab qiladi. 8-dekabr – bu qonun ustuvorligi, inson qadri va milliy birlik qadrlanadigan kun. O‘zbekistonning ertangi kunini yanada porloq qilish yo‘lida ushbu tamoyillarga sodiq bo‘lish barchamizning sharafli burchimizdir. Fuqarolik ishlari bo’yicha O’zbekiston tumanlararo sudining sudyasi: Foziljon Xatamkulov

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz